Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
140 69 00, 120 00 09
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
140 78 33

“Ipak Yuli Mobile” mobil dasturi – mobil aloqa vositalari uchun xizmat dasturi bo'lib, u mobil aloqa orqali “Shaxsiy kabinet” tizimi foydalanuvchilariga masofadan bank xizmatlari ko'rsatish uchun mo'ljallangan.

Taqdim etilayotgan xizmatning afzalliklari:

  1. «Ipak Yo’li» AITBning istalgan filialida ochilgan mijozning barcha hisob raqamlaridan elektron ko’chirma olish.
  2. Kommunal va boshqa turdagi (mobil aloqa, telefon aloqa, internet, sug’urta va hoqazo) to’lovlarni UzCard onlayn plastik kartalari orqali 24/7 rejimida masofaviy amalga oshirish;
  3. Kommunal xizmatlarga to’lovlar to’langanligi to’g'risida elektron kvitansiyalar olish.
  4. Kommunal xizmatlari etkazib beruvchilarga takroriy to’lovlarni amalga oshirishda shablonlardan foydalanish.
  5. “Ipak Yo’li” Banki tomonidan chiqarilgan kartalardan “Ipak Yo’li” Banki tomonidan chiqarilgan kartalarga va “MUNIS” tizimida ro’yxatdan o’tkazilgan boshqa tijorat banklarining kartalariga pul mablag’larini o’tkazish
  6. “Ipak Yo’li” Banki tomonidan berilgan kreditlarni so’ndirish;
  7. Konversion amaliyotlar – “UzCard” va “Visa Classic Exchange”/”Union Pay Exchange” kartalari orqali chet el valyutasini sotib olish amaliyotlarini masofaviy amalga oshirish, batafsil;

Agarda Siz “Ipak Yo'li” AITBning “Shaxsiy kabinet” tizimi foydalanuvchisi bo'lsangiz, Siz “Ipak Yuli Mobile” mobil dasturining Beta versiyasini bu Sizning mobil qurilmangiz operasion tizimidan kelib chiqib Google Play yoki AppStore marketdan yuklab olishingiz kifoya bo’lib, “Shaxsiy kabinet” tizimida ro'yxatdan o'tgan shaxsiy login va paroldan foydalanishingiz mumkin.

Agar Sizda hali Shaxsiy kabinet bo'lmasa, lekin “Ipak Yuli Mobile” mobil dasturiga ulanmoqchi bo'lsangiz, u holda Sizning UzCard to'lov tizimidagi asosiy plastik kartangiz chiqarilgan Bank filialiga shaxsan murojaat qilishingiz va pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishingiz zarur.

“Ipak Yuli Mobile” mobil dasturi bo'yicha foydalanuvchilarga qo'llanma bilan bu erda tanishishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet” tizimidan foydalangan holda jismoniy shaxslarga masofadan bank xizmatlari ko'rsatish qoidalari bilan bu erdatanishishingiz mumkin.