Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
140 69 00, 120 00 09
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
140 78 33

«Ipak Yo’li» Banki O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi kredit turlarini taklif etadi:

Ta’lim krediti O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlarida kontrakt pulini to’lash uchun, O`zR milliy valyutasida beriladi.

Kredit bo`yicha foiz stavkasi O`zbekiston Respublikasining Markaziy Banki qayta moliyalashtirish stavkasiga teng.

Ta’lim kretidi qarz oluvchining yashash manzili bo`yicha beriladi.

Garov sifatida bank quyidagilarni ko`rib chiqadi:

  • Mol-mulk garovi
  • Bankning garovi
  • Uchinchi shaxsning kafilligi

Talabnomani ko`rib chiqish uchun zarur hujjatlar:

  1. Qarz oluvchi talabaning pasporti
  2. Yashash joyidan ma’lumotnoma
  3. STIR o`zlashtirilganligi haqida DSIdan ma’lumotnoma nusxasi
  4. O`zRning OO`Yu bilam tuzilgan o`qish uchun kontrakt (hisobvaraq-fakturasi bilan birga)
  5. Kredit ta’minlanganligini isbotlovchi hujjat.

Iste’mol krediti fuqarolarning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan iste’mol mollari (ish, xismat)ni sotib olish uchun O`zR milliy valyutasida beriladi.

Kredit mablag`lari evaziga quyidagilar uchun to`lovni amalga oshirish mumkin:

  • Mebel, interyer buyumlari, maishiy texnika;
  • Avtotransport vositalari;
  • Qurilish mollari, qurilish xizmatlari;
  • Aviabiletlar, sanatoriy va sayohat yo`llanmalari;
  • Davolanish;
  • O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan taqiqlanmagan boshqa barcha maqsadlar.

Kreditlash shartlari:

  • Muddati 3 yilgacha
  • Kredit summasi qarz oluvchining daromadiga bog`liq
  • Foiz stavkasi: 18% dan 22% gacha, qarz oluvchining badal miqdoriga qarab
  • Qarz oluvchuning dastlabki badal puli __________________
  • Kredit berish komissiyasi – OIM ikki miqdorgacha, kredit summasiga qarab.

Iste’mol krediti O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqrilgan iste’mol mahsulotlarini (xizmatlarini) sotadigan ishlab chiqaruvchining yoki tashkilotning hisob raqamiga pul o`tkazish yo`li orqali amalga oshiriladi.

Moliyaviy iste’mol krediti naqd pul ko`rinishida berilmaydi.

Garov sifatida bank quyidagilarni ko`rib chiqadi:

  • Mol-mulk garovi (avtotransport, odam turmaydigan fond)
  • Bankning garovi
  • Uchinchi shaxsning kafilligi.

Arizani ko`rib chiqish uchun zarur hujjatlar:

  1. Qarz oluvchining pasporti
  2. Qarz oluvchining daromadi haqida ma’lumotnoma
  3. Yashash joyidan ma’lumotnoma
  4. STIR o`zlashtirilganligi haqida DSIdan ma’lumotnoma nusxasi
  5. Mahsulot/xizmat sotib olish uchun shartnoma
  6. Kredit ta’minlanganligini isbotlovchi hujjat.

Ipoteka krediti quyidagilar uchun beriladi:

  • Qonun bilan o`rnatilgan tartibda, qurish norma va qoidalar asosida yakka tartibdagi turarjoy va namunali loyihalar qurish va tiklash uchun;

  • Yakka tartibdagi turarjoy yoki ko`p qavatli uylarda turarjoy sotib olish uchun.

Kreditlash shartlari:

  • Kredit summasi va muddati qarz oluvchining daromatiga, qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning bozo narhiga, muayyan loyiha boyicha kredit riskiga bog`liq.

  • Kredit foizi: Bankning kredit komitetining qaroriga asosan
  • Qarz oluvchining dastlabki badal puli: qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning 25% dan 50% gacha

  • Kredit summasi qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning 75% dan oshmasligi kerak;
  • Kredit ta’minoti: qurilayotgan/sotib olinayotgan turarjoyning o`zi garovga qo`yiladi.

Ipoteka kreditlari O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasida beriladi