Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
140 69 00, 120 00 09
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
140 78 33

“Ipak Yo'li” AITB mijozlariga “Ipak Yuli Club” sodiqlik kobrending dasturidagi ishtiroki Bankka tashriflari mobaynida qo'shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi, shuningdek ular Dastur doirasida Bankning hamkorlari bo'lgan savdo va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarda tovar (ish, xizmat)lar xarid qilganlarida chegirmalar va/yoki bonuslar olish huquqiga ega bo'ladilar.

Dastur ishtirokchilariga «Ipak Yuli Club» ID-kartalari taqdim etiladi – ushbu Bank logotipi tushirilgan shaxsiy kobrending kartasi Bank mijozini Dastur ishtirokchisi sifatida identifikasiya qilish vositasidir.

Dastur ishtirokchilari – Bank, uning Mijozlari va Hamkorlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik shartlari va tartiblari “Ipak Yuli Club” mijozlar sodiqligi kobrending dasturi qoidalarida belgilangan bo'lib, ular bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.