Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
78-140-69-00
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
78-140-78-33

Печать

“Ipak Yo'li” AIT bankida etakchilar Kengashi tashabbusi bilan “Global xavf-xatarlar”, “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzularida davra suhbati o'tkazildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Ipak Yo'li” AIT banki tomonidan tasdiqlangan “Ipak Yo'li” aksiyadorlik innovasiya tijorat banki tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining 1-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 23 fevral kuni soat 17:00 da bosh bankining 15 qavatdagi majlislar zalida yetakchilar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent islom instituti rektori Uyg'un G'afurov ishtirokida “Global xavf-xatarlar”, “Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Unda bankning yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari, koordinatorlari hamda yosh xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida Boshqaruv Raisi o'rinbosari A.A.Mirzaev so'zga chiqib, bugungi kundagi diniy ekstremizm va terrorizm islom dinini niqob qilgan xolda dunyo ahlining xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani, yovuz niyatli diniy ekstremistik va terrorchi oqimlarning tarafdorlari xalqimizning tinch-totuv hayotiga raxna solishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarimizni yo'ldan ozdirishga harakat qilmoqda, zero islom dini o'z nomi bilan tinchlik va ezgulik dini ekanligi, u har qanday buzg'unchilik va fitnalardan xoli ekanligi hamda bu kabi buzg'unchilik oqimlar da'volari mazmunan va moxiyatan muqaddas dinimiz ta'limotiga mutlaqo zid ekanini ta'kidladi va so'z navbatini Toshkent islom instituti rektori Uyg'un G'afurovga berdi.

O'z navbatida Uyg'un G'afurov so'zga chiqib: dunyoga xavf solayotgan global xavf-xatarlar serqirra ekanligini, endilikda u biron davlat yoki mintaqa bilan chegaralanib qolmayotganini, butun dunyoga xavf solayotganini aytdi. Jumladan, bugungi tahdidlar terrorizm va diniy ekstremizm, etnik va millatlararo nizolar, korruptsiya hamda jinoyatchilik va ekologik muammolarni o'z ichiga qamrab olmoqda. Insoniyat uchun, uning taraqqiyoti uchun jiddiy xavf solayotgan bu tahdidlar qarshisida hushyor va ogoh turishni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Zero, terrorizm va diniy ekstremizm, narkobiznes ko'rinishida yoki «ommaviy madaniyat» niqobida kirib kelayotgan turli xavf-xatarlar insoniyatni qanday balo-qazolarga duchor etayotganini ko'rib-bilib turibmiz. Shunday ekan, ular bilan aslo murosa qilib bo'lmasligini aytib o'tdi.

Diniy ekstremistik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik ruhdagi, shu jumladan, “jihod”, “shahidlik” g'oyalari targ'ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalarni tarqatish, yashirin guruhlar tuzish, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holatni keskin qoralash hamda bevosita terroristik aksiyalar o'tkazish kabi faoliyat uslublaridan foydalangan xolda yoshlarni o'z domiga tortmoqda. Bunday yovuz niyatli shaxslarga qarshi kurashishda joylardagi diniy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, aholining, ayniqsa, yoshlarning diniy-ekstremistik tashkilotlar ta'siriga tushib qolishini oldini olishda o'quv muassassalari, tashkilot va mahalla yig'inlarida o'tkaziladigan ma'rifiy tadbirlarda yoshlarni ilmli, dunyoviy dunyoqarashli vatanparvar shaxs qilib tayyorlashga alohida urg'u berish, noqonuniy mehnat migrasiyasining oldini olish, diniy-ekstremizm tarafdorlari tarqatayotgan g'oyalarning aslida islom ta'limotiga zid ekani va siyosiy maqsadlarga yo'naltirilganini aniq dalillar bilan isbotlab berishimiz lozimligini ta'kidladi.

Darhaqiqat, hozirgi kunda dunyoda sodir bo'layotgan mudhish jarayonlar, xususan, Suriya va Iroqda bo'layotgan qonli urushlar, uning oqibatida minglab begunoh aholi vafot etmoqda, ular orasida yosh bolalar ham borligi g'oyat achinarli holdir. Shu bois, hozirgi kunda islom dinini niqob qilib, o'zlarini musulmonman deya qo'poruvchilik, terrorchilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o'limiga sababchi bo'layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida davra suxbati ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berdi.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o'tkazildi, barcha ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javob oldilar va kelgusida yana shu kabi mavzularda davra suxbatlari o'tkazishga kelishib olindi.