Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
140 69 00, 120 00 09
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
140 78 33

Печать

Shayxontohur filialni mijozlari uchun aksiya!

 Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahri mehmonlari va poytaxt aholisi uchun ajoyib yangilik!

AIT “Ipak Yo’li” banki 2018 yil 23 iyuldan shu yilning 22 avgustiga qadar Shayxontohur filialida misli ko’rilmagan aksiyani e’lon qiladi! Kartalar, o’tkazmalar, kreditlar, yacheykalar va boshqa ko’plab bank mahsulotlari – pasaytirilgan narxlarda!

Shuningdek, bu hammasi emas. Bank filialining har bir mijozi avtomatik ravishda qimmatbaho sovg’alar yutuqli o’yinining ishtirokchisiga aylanadi.
O’yin shartlari: mijozlar 23 iyuldan 22 avgustga qadar bo’lgan davr oralig’ida Shayxontohur filialida istalgan bank xizmatlaridan foydalanishlari lozim.
Konkurs natijalari joriy yilning 31 avgustida e’lon qilinadi.
G’oliblarni aniqlash tasodifiy ravishda random.org. dasturiy xizmati yordamida amalga oshiriladi.
Aksiya sovg’alari:
1 o’rin: "O’zbekiston" sanatoriyasi (Yalta sh.,) ga ikki kishilik bepul yo’llanma.
2 o’rin: 5 million so’m miqdoridagi maishiy texnikalar sotib olish uchun sertifikat.
3 o’rin: 2 million so’m miqdoridagi maishiy texnikalar sotib olish uchun sertifikat.
Shuningdek, aksiya bo’yicha Bank hamkoridan maxsus sovg’a ko’zda tutilgan.
Aksiyaning qolgan ishtirokchilariga Bank aksessuarlari va futbolkalar ko’rinishidagi sovg’alar taqdim etiladi.

Shayxontohur filialining manzili: Toshkent sh., Navoiy ko’chasi, 25 (mo’ljal – Xadra maydoni).

* Aksiya o’tkazilish davrida VISA xalqaro kartasi ochish, depozit yacheykasini ijaraga olish va jismoniy shaxslarni kreditlash uchun chegirmalar ko’zda tutilgan:
1. Chegirmani inobatga olgan holda karta ochish narxi:
- Visa Classic — 27 500 so’m;
- Visa Classic PayWave — 27 500 so’m;
- Visa Gold — 175 000 so’m (Priority Pass mukofot kartasini qo’shgan holda);
- Visa Platinum — 225 000 so’m (Priority Pass mukofot kartasini qo’shgan holda);
- Visa Platinum PayWave — 225 000 so’m (Priority Pass mukofot kartasini qo’shgan holda).
2. Depozit yacheykasi ijarasining birinchi oyi - bepul (aksiya davrida depozit yacheykasi ijaraga olingan taqdirda)
3. Aksiya davrida jismoniy shaxslarga kreditlar AIT “Ipak Yo’li” bankining boshqa bo’linmalari belgilagan stavkaga qaraganda 2 foizga past stavkada beriladi.

Har qanday masala bo’yicha Shayxontohur filialining quyidagi yagona telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 71 148-48-30.