Ру | Уз | En

МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ
78-140-69-00
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

ИШОНЧ ТЕЛЕФОНИ
78-140-78-33

Печать

«Ipak Yo'li» banki va DEG moliyalashtirish liniyasi berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

 Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Ipak Yo'li» banki bosh ofisiga shu kunlarda Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investisiya korporasiyasi delegasiyasi tashrif buyurib, uchrashuv chog'ida ikki tomonlama samarali hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.

DEG delegasisi korporasiya vise-prezidenti Marina Dietz va Evropa va Osiyo moliya institutlari departamenti menejeri Ekaterina Gluxovsevadan iborat tarkibda bo'ldi.

DEG vakillarining «Ipak Yo'li» bankiga tashrifidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad, bankka moliyalashtirish liniyasi va imtiyozli kredit berish bo'yicha ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama bitim doirasida zarur bo'lgan tanishuv jarayoni hisoblanadi.

Moliyalashtirish liniyasi va imtiyozli kredit «Ipak Yo'li» bankiga kichik va xususiy tadbirkorlikni, shuningdek, O'zbekistonning energiya samaradorligi sohasidagi loyihalarni kreditlash hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari moliyalashtirish liniyasi ochilishi doirasida DEG tomonidan texnik yordam berilishi ham kutilmoqda.

DEG 1962 yili tashkil etilgan va xalqaro taraqqiyot masalalariga ixtisoslashgan hukumat moliya-konsultasiya kompaniyasi hisoblanadi. Tashkilot faoliyati maqsadi rivojlanayotgan davlatlar va xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash orqali o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarining taraqqiy etishiga yordam berishga qaratilgan.

Tarixiy ma'lumot

«Ipak Yo'li» banki va DEGning hamkorligi 2015 yilning 31 iyulida umumiy qiymati 35 mln. AQSh dollarlik sindisirlashgan kredit liniyasi berish to'g'risidagi Bitimi doirasida boshlangan.

DEGning moliyalashtirishdagi ishtiroki 15 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Moliyalashtirishning qolgan qismi Gollandiyaning FMO Taraqqiyot banki va TRIODOS fondi tomonidan taqdim etilgan.