Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Печать

Kredit to'lashning eng arzon va tezkor usuli

Kredit to'lashning eng arzon va tezkor usuli

Kredit qarzdorligi bo'lgan bank mijozlarining aksariyati, odatdagidek, kreditni to'lash uchun bank ofislariga tashrif buyurishadi. Smartfon va raqamli texnologiyalar bilan "do’st" bo'lgan mijozlar kredit to'lovlarini turli to'lov agregatorlari orqali amalga oshiradilar: Click, Payme, U-pay, MBANK va boshqalar. Mijozlarning kamchiligi shaharda turli banklar tomonidan o'rnatilgan infokiosklarda kreditlarni to'lashadi.

So'nggi 12 oy ichida vaziyat tubdan kreditor banklarning mobil ilovalari tomonga o'zgardi, chunki kreditlarni to’lash operatsiyalari ilovalar tomonidan bepul amalga oshiriladi. Afsuski, Qarz oluvchilarning hammasi ham banklarning mobil ilovalaridan foydalanmaydi. Ipak Yo'li banki kredit olgan o’z mijozlariga - 6900 bepul xizmatini taqdim etadi, bu xizmatning mobil telefonlarga hech qanday talabi yo’q va mobil Internetning mavjudligini talab qilmaydi. Muddatli to’lovni amalga oshirish uchun plastik kartaga ega bo’lish va kredit anketa raqamini bilish kifoya. Anketa raqamini olish uchun siz kredit shartnomangizga yoki bankning aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

6900 xizmati qanday ishlaydi?

Kreditning qolgan va muddati o’tgan qismi haqida siz 6900 raqamiga bank filiali kodi va anketa raqamini bir so'z bilan SMS-xabar shaklida yozib bilib olishingiz mumkin. Sizga ismingiz, kredit balansingiz va muddati o'tgan qarzdorlik haqidagi xabar keladi. Agar muddati o'tgan qarzdorligingiz bo'lsa, sizga uni to'lash bo'yicha ko'rsatmalar beriladi. Buning uchun plastik karta raqami va kartaning amal qilish muddatini bo'sh joy bilan ajratib ikkinchi xabarni yuborishingiz lozim.

Tasdiqlash SMS-kodi karta egasining telefon raqamiga yuboriladi, uni 6900 raqamiga SMS shaklida kiritish kerak. Pul mablag'i kartadan yechib olinadi va muddati o'tgan kreditni qaytarish uchun yuboriladi.

Muhim eslatma: karta har oylik to'lov bilan bog'liq emas va faqat bitta muddati o'tgan qarz uchun xizmat qiladi.

6900 xizmati namoyish qilingan videoni tomosha qiling https://youtu.be/wn8Is23MbMU