Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Печать

Premial kartalar ommaboplashdi!

Premial kartalar ommaboplashdi!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28-yilligi munosabati bilan “Ipak Yo‘li” banki 2019 yil 16 sentyabrdan boshlab, «Visa International» xalqaro to‘lov tizimidagi kartalar lineykasi yangilanadi.

Yangi kartochkalar barcha toifadagi mijozlar uchun eng byudjetli bo‘lgan Visa Start kartasidan boshlab, eng premial Visa Platinum Black toifasigacha chiqariladi.

Shu bilan birga, kartalar lineykasida Visa Platinum Light kartasi bank mijozlari uchun uzoq kutilgan tuhfa bo‘ldi. Chunki kartani chiqarish va xizmat ko‘rsatish shartlari sezilarli darajada kamaydi (mobil banki orqali uni chiqarib olish 22300 so‘m, xizmat ko‘rsatish – oyiga atigi 0,49 AQSh dollarini tashkil etadi).

Siz yangi kartalar tariflari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Visa Platinum turdagi karta egalari uchun yana bir kutilmagan sovg‘a: sayohat yoki amaliy tashrifni rejalashtirganda, kons'erj bepul xizmatlarini ishga solishlari ham mumkin. Ushbu xizmat bo‘lajak safarni rejalashtiradi, eng arzon aviachipta va mehmonxonani topadi, transferni tashkillashtiradi va karta egasining talabiga ko‘ra boshqa qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi. Kons'erj xizmatlar ishga tushirilishi va xizmatlarning amal qilish muddati to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlar yaqin orada ma'lum qilinadi.