Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Печать

«Ipak Yo’li» banki yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 5 mln AQSh dollarlik shartnoma imzoladi

«Ipak Yo’li» banki yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 5 mln AQSh dollarlik shartnoma imzoladi

AITB Ipak Yo’li va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasida imzolangan shartnoma O’zbekistondagi kichik korxonalarga yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmiga (GEFF) yo’l ochib, energiya samaradorligini va qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritishi imkoniyatini yaratdi.

Ushbu mexanizm kichik va xususiy korxonalarga energiya sarfi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga mo’ljallangan texnlogiyalarni, shuningdek, iqlim o’zgarishga moslashish va uning ta'sirini kamaytira oladigan texnologiyalarni moliya lashtirish uchun kreditlar ajratadi.

Ipak Yo’li banki GEFF doirasida ETTB ning birinchi sherik bankiga aylandi, xamda xususiy kompaniyalarga kredit ajratish uchun o’zbek so’mi ekvivalentida 5 mln. AQSh dollariga teng kredit liniyasini jalb qildi. Kreditlar energiya tejaydigan uskunalar, issiqlik izolyasiyasi, foto elektrik kuyosh panellari, geotermal issiqlik nasoslari va suvni tejaydigan sug’orish tizimlari kabi yashil texnologiyalarga investisiyalarni o’z ichiga oladi. Ushbu kredit liniyasi doirasida loyixa tashabusskorlariga energiya samardorligi soxasidagi halqaro ekspertlarning bepul maslaxatlari taqdim etiladi, bu esa Ipak Yo’li banki mijozlariga o’z korxonalarida ilg’or halqaro tajribani joriy etishga imkon beradi.

Shuni xam ta'kidlash lozimki, ETTB kredit liniyasini asosiy afzalliklaridan biri muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyixalarning tashabbuskorlariga maqbul loyixaning kredit miqdorining 10 dan 20% gacha grant mablag’lari berilishi.